Biz boshlagan loyiha eKurs deb ataladi va "Elektron kurslar"
degan ma'noni anglatadi. Loyiha-bu zamon talab qiladigan, to'liq bepul,
samarali va oson bo'lgan kurslar to'plami. Loyihaning asosiy maqsadi -
o'zbek tilida
ochiq manbalarni yaratish orqali
O'zbekiston ta’lim darajasini yaxshilashga xissa qo’shish.
Loyihaning tuzilishi - bizning video-kurslarimiz fanlar haqida asosiy fundamental bilimni
berib o’tadi. Darsliklarimizni ko'rgandan so'ng, o’rganuvchilar qo’shimcha bo’lgan narsalarni
o'zlari o’rganishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi. Videolar qisqa va ularda juda ko'p foydali
ma'lumotlar mavjud. Barcha kurslarda o’quvchilar o'z bilimlarini mustahkamlashlari uchun kichik
loyihalar yoki vazifalar mavjud. Masalan, WEB-kurslarini tugatgandan so’ng, eKurs.uz saytiga o'xshash
saytlar yaratishlari mumkin bo'ladi. Agar o'qish paytida biron bir savol tug'ilsa, biz ishga tushirgan
Telegram Forum ham mavjud, unda kurs davomida tug’ilgan savoli borlar o'z savollarini berishlari
mumkin va bilganlar yoki o'qituvchilardan javob olishadi.
Kurslarga kirish juda oson qilingan, shunda har kim undan hech qanday mashaqqatlarsiz foydalanishi mumkin.
Masalan, kirish uchun hech qanday akkount bo'lishi shart emas va kirish sahifasi yo'q.
YouTube sahifasida videolarni ko'rishni afzal ko'rganlar uchun YouTube-da,
eKurs kanalida ham video-kurslar qo’yib boriladi
Behzod Shuhratov, Toshkent shahridagi INHA universitetining ikkinchi bosqich talabasi. Universitetga qabul qilinganidan so'ng dasturlashni qiziqish bilan o'rganib keladi. C++, Python, Java va JavaScript dasturlash tillarini biladi va har xil ishlarida qo'llaydi. O'zbekistonning yangi avlodini takomillashtirish uchun o'z bilimlari bilan bo'lishishni rejalashtirgan va shu loyihani ishga tushirgan.
Koreys Tili va ScetchUp kurslari muallifi Farrukh Muminov koreys tilidan 15 yillik, Arxitektura va Grafik loyihalar bilan ishlashda 10 yillik xalqaro tajribali va diplomli mutaxassisdir.
Saytimiz dizayneri TATU qoshidagi 2-son akademik litsey o'quv davrlarida dasturlashga qiziqqan. Matematika, Ingliz tili, Informatika fanlarini a'lo darajada o'qigan. Litseyni bitirib, Jizzax Politexnika institutida ta'lim olib kelyapti. O'qishdan tashqari, dizayn sohasiga juda qiziqadi va shu sohada ish yuritadi. Murojaat uchun telegram manzili: @erkinov_nurbek
Azizullo Temirov, Toshkent shahridagi INHA universitetining ikkinchi bosqich talabasi. Hozirda bo'sh vaqtini dasturlashni o'rganishga sarflamoqda. Maqsadi: Kelajakda o'z sohasida yetuk mutaxassis bo'lib yetishib, kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ko'mak berish. Murojaat uchun ijtimoiy tarmoqlarda @azakapro deb izlang.
Shahnoza Bobomurodova, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Ingliz tilini 5 yildan beri o'rganib keladi. Chet tillarini o'rganishga qiziqadi va yosh avlodga chet tillarini o'rgatishni yoqtiradi.